Perilla

Perilla (Perilla) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi; moyli va man- zarali ekin. Jan., Sharqiy va Jan,- Sharqiy Osiyoda 5 turi mavjud. Butasi- mon sudzu P. (P.frutescens) va uning Nan- kin xili (P.f. var. nankinensis) Sharqiy Osiyoda o’stiriladi. P.ning moyli, efirmoyli va sabzavot turi Xi-toy va Yaponiyada, manzarali (barglari to’q qizil va rang-barang) turi uzoq Sharqda, G’arbiy Evropada, AQShda etishtirila- Di. Butasimon P. namsevar va issiqsevar o’simlik. Vegetasiya davri 100-150 kun, o’zidan va chetdan changlanadi. P. urug’ida 46— 53% tez quriydigan texnika moyi (alif, lok va turli bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi) olinadi (ovqatga ham ish- latish mumkin). Ko’k poyasi va kunjarasi mollar uchun yaxshi ozuqa. P. keng qatorlab (qator orasi 60 sm) 3-4 sm chuqurlikka ekiladi. Ekish normasi 5-8 kg/ga. Gektaridan 8-15 ts urug’hosili oli- nadi. Zararkunandalari: simqurtlar, kuzgi tunlam, o’tloq parvonasi, o’simlik biti; eng xavfli kasalligi — g’ovlash.