Perov Aleksandr Petrovich
Perov Aleksandr Petrovich (1935.7.1, Chimkent sh., Krzog’iston) — rangtas-vir ustasi. O’zbekiston xalq rassomi (2002). P. Benkov nomida- gi Respublika rassomlik bilim yurti (1955) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-ti (1965)ni tugatgan. 1974 y.dan xrz. Respublika tasviriy san’at lisey-internatida pedagog. P. asarlari- ning ranglar uyg’unligida ta’sirchanlik, ob-razlilik, kompozisiya echimida yuk- sak mahorat ko’zga tashlanadi; ijodidan qishloq mehnatkashlari, zamondosh zi- yolilar, o’lkaning tarixiy manzaralari keng urin olgan: «zamondosh», «yoshlar», «Mehmonda», «Qish», «Ona», «Matluba», «Obi hayot», «20-yillar», «qo’riq er», «Samarqand. Amir Temur makbarasi», «Xiva» turkum asarlari, «dala gullari» va b. 1965 y.dan respublika va xorijda- gi badiiy ko’rgazmalarda ishtirok etadi. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan.