Peshovar

Peshovar — Pokistonning shim.- g’arbiy qismidagi shahar. Bar daryosi (ko- bulning irmog’i) bo’yida, Haybar dovoni- dan 18 km narida, shim.-g’arbiy chegara viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 988 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Aero- port bor. K,.x. (bug’doy, makkajo’xo-ri, shakarqamish, tamaki) rayonining sav- dosanoat markazi. To’qimachilik, oziq- ovqat, metal-lsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda nafis shoyi, ip gaz- Lama, movut, charm, metall va kulolchilik buyumlari ishlab chikariladi. P. qadimda va o’rta asrlarda Af-g’oniston, Eron va Turkistondan Hindistonga borishda savdo karvonlarining to’xtab o’tadigan joyi bo’lgan. P.ning qad. nomi — Puru- shapura. 1-a.da Kushon podsholigi poy- taxti. Bo-buriylar davrida muhim savdo shahri edi. 1849-1947 y.larda shahar in-glizlarning Britaniya Hindistoni shim.-g’arbidagi tayanch punkti. P.da un-t (1950), Islom kolleji, ilmiy tadqiqot in-tlari, kutubxonalar, mu-zeylar bor. Shaharning qad. qismi 16 darvozali de- vor b-n o’ralgan. Me’moriy yodgorliklar- dan qal’a (16-a. boshlari), Mahobatxon masjidi (17-a.) saqlangan.