Peshtoq

Peshtoq — madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va boshqa binolarning old tomoni — kirish qismi. Peshtoq binoning hashamatli baland, bezakdor me’moriy bo’lagi bo’lib, odatda, bino devori sathidan bir oz bo’rttirib chiqariladi. Asosiy o’rinni Markaziy ravoq, uning ikki yonidagi dahanasi va tepasidagi ikki uchburchak qanos va kitoba tashkil etadi. O’rta Osiyoda saqlanib qolgan Peshtoqlarning eng qadimgi namunasi Arabota maqbarasiladir. Peshtoq koshin va sirkor parchinlar, girih hamda Diniy va falsafiy mazmundagi kitobalar bilan bezatilgan. Ulug’bek madrasasi, Sherdor Madrasa, Tillakori madrasa, Abdulazizxon madrasasp Peshtoqlari o’ziga xos milliy me’morlik uslubida serhasham bezatilgan.