Petrografiya

Petrografiya (Yun. petros — tosh va …grafin) — tog jinslari, ular- ning mineralogik va kimyoviy tar- kibi, strukturam va teksturasi, er po’stida va er ustida yotish sharoitlari, tarqalish qonuniyatlari, kelib chiqishi va o’zgarishi haqidagi fan. Tog’jinslari haqidagi fanni ikki qismga — tavsi- fiy ko’rinishga ega bo’lgan P. va petrolo- giyaga bo’lishga mayllik mavjud. P. mine- ralogiya, geokimyo, vulkanologiya, tektoni- ka, stratigrafiya va foydali kazilmalar ta’limoti b-n bog’liq. O’rganilayotgan tog’jinslarining ti- piga qarab magmatik P., metamor-FIK P. va cho’kindi jinslar P.si — litologiya farq qilinadi. Magmatik tog’jinslari P.si, asosan magmaning sovishi va kristallanishi natijasida hosil bo’lgan kristalli tog’ jinslarini o’rganadi. Magmatik jin- slar ularning moddiy tarkibini, mag- maning sovish jarayonidagi fizikkimyo- viy sharoitlarini, atrofdagi jinslar b-n o’zaro munosabatlarini anikdash maqsadida o’rganiladi. Metamorfik tog’jinslari P.si yangi fizikkimyoviy sharoitlar ta’sirida o’zining dastlabki mineralogik va kimyo- viy tarkibini o’zgartirgan tog’jinsla- rini tadqiq etish b-n shug’ullanadi (yana q. Tog’jinslari metamor-fizmi). Bulardan tashqari, oraliq holatni egallagan tog’jinslari ham mavjud. Mac, ba’zi metamorfik tog’jinslari hosil bo’lish jarayonida qisman eriydi; va aksincha, ba’zi magmatik jinslarning shakllanishida metamorfizm jarayoni muhimroq. Cho’kindi va magmatik jin- slar ichida oraliq holatdagilari ham mavjud. Ular magmatik jinslardan tu- zilgan bo’lsa ham, biroq hosil bo’lishi va yotish sharoitlari cho’kindi tog’jin- slariga xos. Tog’jinslarining tarkibi va tu- zilishini o’rganishda maxsus metodlar qo’llaniladi. Mas, kristalooptik metod b-n mayda donali mineral agre-gatlari o’rganiladi. Shuningdek, rentgenosko- Piya metodi va spektral tahlil ham keng qo’llaniladi. Tog’jinslari moddalari, shuningdek, kimyoviy tahlil yo’li b-n ham aniqlanadi. Tog’jinslari va ular- ni tashkil qilgan mi-nerallarni fizi- kaviy o’rganishda zichligi, qattiqligi, issiqliqdan ken-gayishi, qisilishi, seysmik to’lqinlarning tezligi, qovushqoqligi, elektr va magnit xusu- siyatlari aniqlanadi. Shunday qilib, tog’jinslarini o’rganish turli-tuman tadqiqot maj-muini o’z ichiga oladi. Bularni umumlashtirish er po’stining shakllanishi va rivojlanishi jarayonla- rida turli tipga mansub tog’jinslari- ning rolini aniqlashga imkon beradi. P. o’rganilayotgan xususiyatlari xarak- teriga va qo’llanilayotgan metodlariga ko’ra, petrokimyo, petrofizika, Petro- texnika, fizikkimyoviy va zksperi-men- tal P., texnik P., kosmik P.ga bo’linadi. P.ga oid ayrim ma’lumotlar Abu Rayhon Beruniy va b. o’rta asr mual- liflarining asarlarida uchraydi. 19-a. o’rtalariga qadar P. muammolari mine- ralogiya va umumiy geologiya tomonidan o’rganildi. Xususan, barcha tog’jinslari kelib chiqishiga ko’ra, cho’kindi, magmatic va metamorfik jinslarga bo’lindi. P. fan sifatida 19-a. o’rtalarida, ingliz petrografi g.K. Sorbi tog’jinslari mineral tarkibini shlifda mikroskop ostida o’rganish imko-niyati borligini ko’rsatib bergandan keyin shakllandi. Keyinroq P. bo’yicha tadqiqot amaliyotiga qutblantiruvchi mikroskop kiritildi. Mineral tarkibini hozirda ham amal- da bo’lgan Kris-tallooptik xossalarga qarab aniklash usuli taklif etildi. Ayni paytda tog’jinslarini kimyoviy tadqiq qilish metodlari ham takomilla- shib bordi. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida P.da asosiy e’tibor turli magmatik jin- slarning kelib chiqishi muammolariga karatildi. 19-a. oxirida F.Yu.Levinson- Lessing er ustida rivojlangan magma- tik jinslarning hosil bo’lish man-Bai nordon va asosli magmadan iborat ekan- ligini aniqladi. Ts.S.Korjinskiy tadqiqotlarida mi- nerallar paragenezisi taxdilining Fi- zikkimyoviy asoslari ishlab chiqildi. Er po’stida magmatizm flyuidlar b-n birga- likda rivojlanishi ko’rsatib berildi. Minerallar paragenezisi tahlili asosida magmatik, metamorfik va me-tasomatik tog’jinslarining mi- neral fasiyalari sistemasi ishlab chiqildi. Turli magmatik va metamor- FIK jinslarning paydo bo’lishini aniqlashda F.Yu.Levinson-Lessing va A. S. Ginz-berglarning tajri- ba tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Tadqiqotchilar tabiatda granit- ning ikki tipi mavjudligini e’tirof etadilar. Shulardan birinchisi nis- batan past t-rali, er pusti jinslari- ning suvga to’yingan sharoitda qisman erishidan palingen granit magmasidan hosil bo’ladi. U kristallanganda avtox- ton (joyidan siljimagan yoki ozgina sil-jigan) granitlar vujudga keladi. Ikkinchi tip granitlar yuqori mantiya yoki er po’stining quyi qismidagi ba- zalt magmasining o’zgarishidan hosil bo’lgan nordon eritmadan vujudga ke- ladi. Yuqori t-raga ega bo’lgan bunday nordon eritmalar er yuzasigacha chiqib intruziv granitlarni hosil qiladi. Magmatizm va tektonikaning bog’liqligi muammosi ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Okeanlar magma-tizmi- ga alohida e’tibor berilmoqda. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonda P. bo’yicha tadqiqotlar 20-a. 20-y.laridan bosh- landi. O’zMU, ToshDTU, O’zbekiston FA Geologiya va geofizika in-ti, neft va gaz konlari geol.si in-ti, O’zbekiston Geologiya va mineral re-surslar davlat qo’mitasida va i.t. mu-assasalarida olib borilmoqda. S. S. Smirnov va yu. A. Bilibinning hoz. zamon metallogeniya- sining petrografik asoslari haqidagi nazariyalari, H.M. Abdullaev yaratgan petrometallogeniya ta’limoti kabi bir qancha kashfiyotlar P.ning keng rivojla- nishiga imkon berdi. Magmatik va meta- morfik jinslar hamda texnik P. soxd- sida I. H. Hamroboevning ishlari katta ahamiyatga ega. Ad.: Hamroboev I. H., Rajabov F. Sh., Petrografiya asoslariD., 1964; Petro- grafiya Uzbekistana, kn. 1-2, T., 1965; Abdullaev X. M. Sobranie sochineniy, t. 7, T., 1969; Glubinnoe STROENIE kori ter- ritorii Uzbekistana, T., 1971.