PETTI VILYAM

PETTI VILYAM (1623-1687) — Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi, merkantilizmni inkor etgan, boylikning asosi ishlab chiqarishda, degan fikrni ilgari surgan, “mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir” degan iborani qo’llagan. Kapitalistik tuzumni tabiiy va abadiy deb hisoblagan. Tovarning almashuv qiymatini tan olgan. Statistika (“Siyosiy arifmetika”) faniga asos solgan. Aholiga boylik yaratuvchisi sifatida qaradi.