Petyofi (Petofi ) Shandor

Petyofi (Petofi ) Shandor (1823.1.1, Kishkyoryosh — 1849.31.7, Fexeredxaza) — Venger shoiri. Lirikasida vatanparvarlik, oddiy xalq turmushi haqidagi qayg’usi yetakchi o’rinda. «Yanosh Botir» epik dostoni (1844)da jasur, olijanob dehqon yigitining qiyinchiliklarni yengib, maqsadga yetishuvi tasvirlangan. «Yo’lbars va sirt- lon» (1845) dramasi, «jallodning arqoni» romani (1846), «saroy va kulba» (1847), «Havoriy» (1848) dostonlari va boshqa asarlarida isyonkor shoir tuyg’ulari, mehnatkash xalqning orzu, intilishlari aks etgan. «Yanosh Botir» (1965) dostoni, «Tanlangan asarlari» (1973) o’zbek tiliga tarjima qilingan.