Piaje (Piaget) Jan

Piaje (Piaget) Jan (1896.8.8, Nev- Shatel — 1980.16.9. Jeneva) — shveytsar psixologi. Intellektning operasional kontsepsiyasi va genetik epistemologiya- ni yaratgan. Nevshatel (1926-29), Je- Neva (1929 y.dan), Lozanna (1937-54) un-tlari prof. Parijdagi Xalqaro genetik epistemologiya markazi (1955) asoschisi. P. bolalar psixologiyasi, ayniqsa, ularning aqliy tarakqiyotini o’rganish soxasida ilmiy maktab yaratdi («Bolaning nutki va tafakkuri» asari, 1923). P. ishlab chiqkan intellektning operasional kontsepsiyasiga ko’ra, psi- Xika in-dividning muhitga moslashuvi doira-sida namoyon bo’ladi va rivojlana- Di. Sub’ekt b-n ob’ekt muvozanatlashu- VIning oliy shakli operasional struk- turalarning hosil bo’lishidir. Opera- tsional struktura, P. fikricha, sub’ek- tning «ichki harakati» bo’lib, bu harakat genetik jihatdan tashqi, predmet ta’si- ridan kelib chikadi va b. harakatlar b-n muayyan sistema bo’lib birlashadi. Ope- rasional kontsepsiya asosida P. idrok, hissiyot va b. psixik funktsiyalarni taxlil qildi. P. tafakkur psixologiya- si, psixologiya va mantiqning o’zaro mu- nosabati masalalarini ishlab chiqishga katta hissa ko’shgan. Muhim asarlari: «Oddiy mantiqiy strukturalar genezi- si» (1939-41), «intellekt psixologiya- si» (1946), «eksperimental psixologiya» (P.Fress b-n birgalikda).