Pifagor sonlari
Pifagor sonlari — to’g’ri burchakli uchburchaklar tomonlarini tashkil qiluvchi natural sonlar. Pifagor sonlari x2+y2=z2 aniqmas tenglama yechimlari bo’lib, x=T2—P2, u=2TP, z=m2+n2 formulalar bilan beriladi (bunda t, p — har xil natural sonlar). Masalan, 3, 4, 5; 5, 12, 13. Qadimgi Misrda tomonlari 3, 4, 5 birlikka teng uchburchak to’g’ri burchakli uchburchak bo’lishidan yer o’lchash va binokorlikda foydalanilgan.