Pilik

Pilik — 1) to’qimachilikda — paxta, jun, ipak va zig’ir tolalarini bo’shgina himarib, cho’zib, to’g’rilab hosil qilinadigan mahsulot. Piltat nisbatan birmuncha yupqaroq va tekisroq bo’ladi. P. yigirish usuli (sistemasi) va tola- larning xiliga qarab, ingichka va yo’g’on P.larga bo’linadi. Mas, ipakdan tay- yorlangan P. paxta, jun yoki zig’ir to- lalaridan olinadigan P.ga nisbatan ingichkaroq chiqadi. P. ip yigirish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. P., asosan, yigirish kor- xonalarida yigiruv mashinasida tayyor- lanadi. Mashinaning asosiy qismi — cho’zuvchi asbob va pishitish-kalavalash mexanizmi; 2) kerosin lampa yoki Kero- gazning kerosin (yoki moy) ni shi-MiB yonadigan qismi. Yoritish yoki kiz-dirish asbobining kattakichikligi (nomeri) ga qarab, P. ham ensizroq yoki enliroq bo’ladi (mas, 7-pilik, 10-pilik va b.); 3) soch o’rami echilib ketmasligi uchun uning uchiga qo’shib o’riladigan paxta tolalari; 4) qosh yoki kiprikni bo’yash uchun uchiga paxta o’ralgan cho’p.