Piranyalar, piranyasimonlar
Piranyalar, piranyasimonlar (Serrasalmidae) — chuchuk suv baliqlari oilasi. Uzunligi 25-60 santimetr. Gavdasi 2 yondan yassilashgan. Jag’larida o’tkir tishlari bor. 15 turi Amazonka va Orinoko daryolari havzasida, Janubiy Amerikaning shimoliy-Sharqiy qismida tarqalgan. Yirtqich, gala bo’lib yashaydi. Baliqlar va boshqa hayvonlarga hujum qiladi; odam uchun ham xavfli. Oddiy Piranyalar to’dasi bir necha minut davomida vazni 50 kilogrammga yaqin hayvonni yeb qo’yadi. Ovlanmaydi. Ayrim turlari akvariumlarda boqiladi.