Pirgeliometr
Pirgeliometr (Yun. pyr — olov, helios — Quyosh, metr — o’lchayman) — Quyosh nurlariga tik o’rnatilgan yuza- ga to’g’ri tushayotgan kuyosh nurlanishi kuvvatini o’lchaydigan asbob. Evropa- da Ongstryom P. i. ishlatiladi. U kora rangga bo’yalgan ikkita bir xil juda yupqa manganin plastinkadan iborat bo’lib, ulardan biriga Quyosh nurlari tushganda qiziydi, nur tushmaydigan ikkinchi plastinka esa elektr toki yor- damida qizdiriladi. Plastinkalarga ulangan termopara ularning t-rasi teng bo’lganda tok kuchini ko’rsatmaydi. Bu vaqtda ikkinchi plastinkadan o’tayotgan tok quvvati birinchi plastinkaga tu- shayotgan Quyosh nurlanishi quvvatiga teng bo’ladi. Amerikada etalon sifati- da ichidan suv o’tadigan P. ishlatiladi. Unda ikkita bir xil naylar ichiga kora rangga bo’yalgan kameralar o’rnatilgan. Naylardan birining ichiga Quyosh nurla- ri tushadi va qora kamerani qizdi-radi, ikkinchisiga tushmaydi va uning ichida- gi kamera elektr toki yordamida ikkala naydan chiqayotgan suv oqimlari t-rasi tenglashguncha qizdiriladi. Ikkinchi ka- meradan o’tayotgan tok kuchi quvvati Quyosh nurlanishining quvva-tiga teng deb hisoblanadi.