Pirs
Pirs (inglizcha pier — ustun, pristan) — portda kemalar to’xtab turadigan joy, qirg’oqqa qurilgan gidrotexnik inshoot. Port akvatoriyasndan chiqib turadi, kemalarni ikki tomonidan bog’lab qo’yishga imkon beradi. Pirsda kemalarga yuk ortiladi yoki tushiriladi, yo’lovchilar tushiriladi yoki chiqariladi. Keng va tor Pirslar bor. Keng Pirsning har qaysi tomoniga 3-8 kema, tor Pirsning har qaysi tomoniga 1-2 ta kema to’xtab turishiga imkon beradi. Odatda, Pirslar guruh-guruh qilib joylashtiriladi, ular qirg’oq bo’ylab o’ziga xos «taroqlar»ni hosil qiladi.