Pisistrat
Pisistrat (? — miloddan avvalgi 527) — Afinalik tiran (hokim). 560 yildan 527 yilgacha (tanaffuslar bilan) hokimlik qilgan. Dehqonlar va savdo-hunarmandlar tabaqasi manfaati yo’lida islohotlar o’tkazgan (evpatriylardan musodara qilingan yerlarni qishloq kambag’allariga bo’lib berilishi, davlat tangalarini (Pisistrat tetradraxmasi) zarb qilinishi, urush nogironlariga davlat nafaqasi belgilanishi va boshqalar). Yollanma qo’shin tuzgan, jamoat inshootlari (bozor, vodoprovod, Pirey gavani, ibodatxonalar va boshqalar) qurilishini tashkil etgan. Pisistrat davrida Afina Yunonistonning madaniy markaziga aylangan.