Piskent

Piskent — Toshkent viloyati Pi- skent tumanidagi shahar (1966 y.dan), Tu- man markazi. 1952 y.gacha qishloq. Ohangaron daryosining o’ng sohilida. Yaqin t.y. stantsiyasi — To’ytepa (14 km). Viloyat markazi (Toshkent sh.)dan 41 km. Aholisi 31,4 ming kishiga yaqin (2003). P. (Biskat) — Toshkent vohasining engqad. shaharlaridan biri. 10-a. Geo- graflarining ma’lumotlarida u Iloq davlati tarkibiga kirgan. V.V.Bartold va M.E.Masson P.ni Ohangaron daryosi- ning chap sohilidagi (hoz. Piskent sh. chekkasidagi) yodgorlik qoldiqlari b-n aynan bir, deb ko’rsatadilar. P.dan 1-a. ga mansub qabristonlar (Piskent ming- tepasi) va 5-a.ga oid novuslar topilgan. P.ning dastlabki qismi pushti mah- mud tepaligi bo’lib, u 6-7-a.larda sha- har shakliga kira boshlagan. 10— 12-a. larda ravnaq topgan. Shosh (Toshkent) dan Farg’onaga o’tgan savdo yo’lining ustida qulay joylashganligi tufayli 9— 10-a.larda bu erda qad. Tarixchilar tomonidan Biskat deb atalgan shaharcha paydo bo’lgan. 13-a. boshida mo’g’ul bos- qinchilari P.ni vayron qilganlar. 13- a. o’rtalarida uning g’arbiy chekkasi yana tiklangan bo’lsada, shahar kichray- ib, qishloq darajasiga tushib qoldi. 14— 16-a.larda P. Temuriylar va b. hukmdorlar mulki tarkibiga kirgan. 17- a. oxiri va 18-a.da shahar yana inqirozga uchraydi. Aholisi G’arb tomonga ko’chib o’tadi. P.ning 19-a. da mudofaa devorla- ri va 4 darvozasi bo’lgan. O’sha davrda P. Qo’qon xonligi tarkibiga kirgan. P.da tuman hokimiyati binosi, ma’- muriy idoralar, paxta tozalash z-Di, «Kanop» Uzbekistan—Chexiya qo’shma kor- xonasi, g’isht i.ch. tsexlari, «Piskentsi- Fat» brezent tikish korxonasi, metall quymalar tayyorlovchi «mehnat» aktsiya- dorlik jamiyati, yaxna ichimliklar tsexi, non i.ch. korxonasi, mebel i.ch. kichik korxonasi faoliyat ko’rsatadi. Keyingi yillarda shaharda dehqon bo- zori, «Saodat» tantanalar uyi, «sog’lom avlod» tayanch punkti, 150 o’rinli tug’ruqxona, yuzlab savdo do’konlari va maishiy xizmat ko’rsatish sho-xobchalari qurildi. Markaziy yo’llar P.ni Toshkent, Olmaliq, Ohangaron va b. shahar va tu- manlar b-n bog’laydi. Shahar yaqinida Toshkent suv ombori joylashgan. P. Olmaliq sh. b-n uzviy bog’langan. Olmalikdan P.ga sanoat mollari, P.dan Olmaliqqa esa q.x. mahsulotlari etkazi- ladi. Ad.: Bobur Z.M., «Boburnoma», T., 1958; Bartold V.V., «Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya», soch.t. 1,M., 1963; Massoy M.E., Axangeran, Arxeo- logo-topograficheskiy ocherk, T., 1953, Burya-kov yu.F., Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi tashkentskogo oazi- sa, T., 1982.