Piskom
Piskom — Toshkent viloyatida- gi Daryo. Chirchiq daryosining o’ng bosh irmog’i. Maydontol tizmasining shim. yon bag’ridan oqib tushadigan maydon- tol va Piskom tizmasining shim.-g’arbiy yon bag’ridan oqib tushadigan Oygay-ing soylarining qo’shilishidan hosil bo’lib, shim.-sharqdan Jan.-G’arb tomon oqadi va Chorvoq soyligiga kelganda Chatqol Daryo- si b-n qo’shilib, Chirchiq daryosini hosil qiladi. Uz. 70 km, havzasining mayd. 2840 km2. P. bosh qismida chuqur tog’vodiysida toshlar orasidan, so’ngra terrasali keng vodiyda oqadi. P.ning havzasi ancha ba- Land (o’rtacha bal. 2645 m) bo’lib, unda umumiy mayd. 130 km2ga yaqin 140 dan ortiq kichik muzlik bor. P. qor-muzlik suvidan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 82 m3/sek. Yillik oqimning 47% mart — iyun, 38% iyul— sent., qolgan 15% esa okt. — Fev. Oylarida oqib o’tadi. Suvi martdan kupaya bosh- laydi, iyun—iyulda eng ko’p, yanv.—Fev. da esa eng kam bo’ladi. Eng ko’p suv sarfi 700 m3/sek. va undan ortiq, eng kam suv sarfi 10 m3/sek. gacha. P. ancha loyqa Daryo (har 1 m3 suvida o’rtacha hisobda 200 g loyqa bo’ladi). P.ga 40 dan ortiq soy va jilg’alar kelib qo’shiladi. Ulardan eng yiriklari: Ixnachsoy, Qoraqizsoy, Te- parsoy, Aksarsoy va Novalisoy.