Pitt Uilyam katta
Pitt Uilyam katta, graf Chatam (Chatham) (1708-1778) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1766-68), davlat va siyosiy arbobi, diplomat. Jamoalar palatasi a’zosi (1735-66), bosh g’aznachi (1746— 55); tashqi ishlar vaziri va harbiy vazir (1756-61). Frantsiyaga qarshi kurash tashkilotchilari rahbarlaridan biri. 1756-63 yillarda bo’lib o’tgan yetti yillik urush davrida Britaniya siyosatiga boshchilik qilgan va pirovardida Buyuk Britaniya Frantsiyaning savdosi, dengizdagi kuchlari va mustamlakachiligiga kuchli zarba bergan. 1766 yildan boshlab lordlar palatasi a’zosi. Siyosiy va diplomatik doiralarda nufuzi yuqori bo’lgan.