PLANETAR TUMANLIKLAR
PLANETAR TUMANLIKLAR — markazida yuqori t-rali yulduz joylash- gan, undan ma’lum masofada radikal ken- gayuvchi, gazsimon qobig’i bor ob’ektlar. Ko’rinishlari diskka ega bo’lgan gigant sayyoralarni eslatishi sababli P.t. deyi- ladi. P.t. galaktika-mizdagina emas, bal- ki qo’shni Galak-tikalarda ham yaxshi ku- zatiladi. P. t.ning gazsimon qobiklari massasi taxm. 0,1 Quyosh massasiga teng bo’lib, ular fazoga 20-40 km/sek tezlik b-n kengayib boradi. P.t. umri 20 ming yilga yaqin, bu davrdan so’ng qobiq kuza- tuvchiga ko’rinmay fazoga tarqab ketadi. Qari P.t. spektri oq mitti yulduzlar spektriga o’xshaydi. Markaziy yulduz- ning t-rasi 50-100 ming gradus atro- fida. P.t. nurlanishida ultrabinafsha nurlar sezilarli darajada mavjudli- gi b-n ajralib turadi. Galaktikamizda 1500 ga yaqin P.t. kuzatiladi. P.t. Galak- tikamiz ekvatori va yadrosiga nisbatan kontsentrasiyaga ega.