Planshayba

Planshayba (nemischa planscheibe) — 1) stanoklarning ishlov beriladigan material yoki kesuvchi asbobni mahkamlash va ularni aylantirish uchun ishlatiladigan moslamasi; 2) karusel stanogiaya zagotovka mahkamlanadigan aylanma stol. Planshaybaga, odatda, murakkab shaklli yoki katta diametrli, kalta zagotovkalar o’rnatiladi. Zagotovka Planshaybaga qamragichlar, burchaklik, boltlar bilan mahkamlanadi. Katta stanoklarda Planshayba ikki yoki bir necha qismlardan iborat bo’ladi.