Planyor
Planyor (Frans. planeur, planer — parvoz qilmoq) — motorsiz, qanotli havodan og’ir uchish apparati. Uchishi tinch atmosfera sharoitida ufqqa nis- batan ma’lum burchak osti (mo’ljal burchagi) da uzluksiz pasayib borishi na-tijasida yuz beradi; samolyotning uchishidagi kabi fizik qonunlarga asos- lanadi, xatto yuqoriga ko’tarilishi mum- kin. P. rezinali amortizator, chigir, shatakka oluvchi samolyot yordamida uchi- riladi. P.lar bir, ikki va ko’p o’rinli; o’quv, mashq va rekord o’rnatish (sport) da foydalaniladigan turlarga bo’linadi. Birinchi P. 1868 y. frantsuz dengizchisi J.Le bri tomo-nidan yasalgan va sinab ko’rilgan. Uni ot arava b-n shatakka olib, 30 m gacha uchirishga erishgan. Nemis muhandisi o. Liliental 1891 y. uchir- gan P. birinchi marta 250 m masofagacha muvo-zanat saqlagan. Keyinchalik P. Pil- Cher (Buyuk Britaniya), o. Shanyut (AQSh) va b. ham bunday muvaffaqiyatlarga erishganlar. 1913 y. rus konstruktori S.P.Dobrovolskiy Rossiyada birinchi bo’lib P.-biplan ixtiro qilgan. Bu P.- biplan rul boshqarish tizimi yordamida 5 min. davomida ucha olgan. 20-a. 20-, 30-, y.larida ancha takomillashgan P.lar yara- tilgan. P.larning asosiy uchish-texnik ko’rsatkichlari: eng yuqori aerodinamik sifati 40-53; qanotlarining yoyganda- gi uz. 29 m gacha, qanotlarini uzaytiri- shi 20-36; qanotlariga tushadigan kuch 250-350 N/m2, pasayish tezligi 0,4— 0,8 m/s; uchish tezligi (eng yuqori aerodi- Namik sifatida) 80— 100 km/soat; MAK- simal uchish tezligi 220-250 km/soat. Hozir P. asosan, sport maqsadlarida qo’llaniladi.