Plastifikatorlar
Plastifikatorlar (Yun. plastos — plastik va lot. facio — qilaman) — polimerlarning plastiklik va elastiklik holatini yaxshilovchi or- ganik birikmalar. P. polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va ish- lov berilishini yaxshilaydi. P. kimyo- viy jihatdan barqaror, suvda erimay- digan, issiq va nurga bardoshli hamda zaharsiz bo’lishi kerak. Kimyoviy tuzi- lishiga qarab quyidagi asosiy turlar- ga bo’linadi: ftalatlar — ortoftalat kislotaning efirlari. Polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va Die- lektriklik xossasini yaxshilaydi. Fos- fatlar — fosfat kislotaning murakkab efirlari. Fosfatlar polimerlarni o’tga chidamli kiladi. Adipinatlar va sebasinatlar — adi-PIN va sebasin kis- lotalarning efirlari. Polimerlarni o’tga chidamli kiladi va past t-ralarda elastikligini oshiradi. Epoksidlan- gan P. — epoksidlangan tabiiy moy va epoksidlangan to’yinmagan kislotalar- ning efirlari. Bular ham stabiliza- torlik xizmatini o’taydi. Poliefir P. — yuqori molekulali murakkab Gete- Rozan-jirli poliefirlar. Ular moyda, Ben-Zinda erimaydi, issiqqa chidamli, uchmaydi. P. i.ch.da muhim ahamiyatga ega (ishlab chiqariladigan P.ning 70%i po- livinilxlorid ishlashga ketadi). Rezina va lok-bo’yoq materiallari i.ch.da ham keng qo’llanadi.