Plastik operasiya

Plastik operasiya — kishi organizmidagi shikastlangan biror a’- zoning shakli va funktsiyasini qayta tiklash, tug’ma va hayotda orttirilgan nuqson, kamchiliklarni to’g’rilash. P.o.da to’qimalarning joyi o’zgartiriladi, be- mor gavdasining boshqa qis-midan olin- gan to’qimalar ko’chirib o’tkaziladi (Auto- plastika, autotrans-plantasiya); bemorga boshqa odamdan (allotransplantasiya) yoki hayvondan olingan to’qimalar ko’chirib o’tkazila-Di; bemor to’qimalariga, or- ganizmiga yot, biroq unga beziyon Mate- riallar (metall, plastmassa, sintetik tola va b.)dan yasalgan turli narsalar singdiriladi (implantasiya). P.o. yorda- mida bemor yuzidan tug’ma va orttiril- gan nuqsonlar (lab tirtikligi, burun yo’qdigi, tortib tu-radigan chandiqlar) bartaraf etiladi. Terini ko’chirib o’tkazish b-n amalga oshiriladigan P.o.k kuyganda, kosme-tik maqsadlarda yuzdagi ajinlar, teri bur- malari, o’smalar va b.ni yo’qotishda keng qo’llanadi. Suyak P.o.si suyaklarning tur- li deformasiyalarida, sox-ta bo’g’imda, umurtqa pog’onasi kasalliklarida o’tkaziladi. Bemorning o’z to’qimasidan foydalanilsa, ko’chirib o’tkazish ayniqsa muvaffaqiyatli chiqadi. Ko’chirib o’tkazishda bemorning asli suyagi ma’lum vaqtdan so’ng so’rilib ketadi, biroq yangi suyak to’qima-sining o’sib chiqishiga asos bo’ladi. Organizmga yot materiallarni Sing- dirish operasiyalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bularga oddiy ope- rasiyalar (burun shaklini terisi ostiga parafin yuborib tuzatish) dan tortib murakkab zamonaviy operasiyalarga- cha (qon tomirni sintetik to’qimadan yasalgan protez b-n, yirik tomirni unga singdirilgan metall konstruktsiya b-n almashtirish, yurak kla-panlarini Pro- tezlash) kiradi. Plastik xirurgiyaning eng murak- kab sohasi — boshqa odamdan material olib o’tkazishdir. Transplantat o’z bio- logik xossalariga ko’ra ko’pincha bemor to’qimalari b-n Moe kelmay qoladi, bun- da maxsus davo usuli b-n uni singdiri- ladi (q. Transplantasiya).