Plastinkalilar

Plastinkalilar (Placozoa) -umurtqasiz hayvonlar tipi. 1971 yilda aniqlangan. Uzunligi bir necha millimetr, dengiz tubida yashaydi. Gavdasi juda yupqa plastinkasimon, shakli o’zgaruvchan, oldingi yoki keyingi qutblari, haqiqiy to’qima va organlari bo’lmaydi. Qorin va orqa tomonidagi hujayralari bir-biridan farq qiladi. Parenximasida duksimon qisqaruvchi hujayralari bor. Tuxum hujayrasi parenximada etiladi. Jinssiz bo’linish va kurtaklanish hamda jinsiy ko’payadi. Tuxumi to’liq va tekis bo’linadi. 2 urug’i: trixoplakslar va treploplakslar ma’lum.