PLEBEYLAR

PLEBEYLAR (lot. plebei – oddiy xalq) — 1) qadimgi Rimdagi erkin aholi tabaqalaridan biri. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullangan. Plebeylar miloddan avvalgi V-IV asrlarda davlat lavozimlarini egallashlari va patritsiylar bilan nikoh tuzishlari mumkin bo’lmagan. Plebeylar patritsiylarga qarshi qattiq kurash olib borgan va natijada Rim fuqarolari tarkibiga kiritilgan, majburiy qullik bekor qilingan. 2) o’rta asrda Plebeylar atamasi ―oddiy xalq ma‘nosida ishlatilgan.