PLEBISSIT

PLEBISSIT (lot. plebiscitum – xalq qarori) — umumxalq ovoz berishi shakllaridan biri; xalqaro amaliyotda bir davlat hududini boshqa davlatga berilayotganda aholidan fuqarolikni tanlash uchun so’rov o’tkaziladi. Ba‘zi mamlakatlarda (masalan, Fransiyada) referendumning sinonimi. Rasmiy yuridik nuqtai nazardan Plebissit o’tkazish, unda qanday masala hal qilinayotganligidan qat‘i nazar, referendum o’tkazishdan hech bir farq qilmaydi.