Pleyotropiya

Pleyotropiya (Yun. pleon — ancha ko’p sonli va tropos — burilish, yo’nalish) — genning ko’p tomonlama, ya’ni bir nechta belgilarning rivojla- nishiga ta’sir ko’rsata olish xususiyati. P. hodisasi genotip nazorat qilib tu- radigan reaktsiyalar mahsuloti daraja- sida o’zaro ta’sir ko’rsatadigan genlar sistemasi b-n bog’liq. Amalda har bir gen metabolizm jarayonining ma’lum bir bosqichini nazorat qiladi; hujay- Rada metabolitik jarayonlarning ko’p bosqichligi va xilma-xilligi tufayli biron bosqichda metabolizmning izdan chiqishi (bir gendagi mutasiya) keyingi bosqichlarning borishiga, binobarin, bir nechta belgilarga ta’sir ko’rsatadi. Bir gen mahsuloti (mas, ferment)ning bir nechta biokimyoviy reaktsiyalarda ish- tirok etishi,gemoglobin molekulasida polipeptid zanjirning sintezini na- zorat etuvchi gendagi resessiv mutasiya genning pleyotrop ta’siriga misol bo’la oladi. Bunday mutasiya gemoglobin molekulasining r — zan-jirida bitta aminokislota qoldig’ining (glutamin kislotaning valin b-n) almashinishini ta’minlaydi. Natijada eritrositlar- ning shakli o’zgarib, o’roqsimon (yarim oysimon) shaklga kiradi. Bu esa, o’z na- vbatida, yurak, kon aylanish, nerv, ovqat hazm qilish va ayirish sistemalari FA- oliyatining buzilishiga olib keladi. Bunday mutasiyaga nisbatan gomozigot (resessiv gomozi-gotali) bo’lgan odam bolalik davridayoq nobud bo’ladi.