Pleystosen

Pleystosen (Yun. pleistos — eng kat-ta, eng ko’p, kainos—yangi)— to’rtlamchi sistema (davr)nnnt quyi, eng ko’p (1 mln. yil chamasida) davom etgan bo’limi. P. umumiy geoxronologiyada. yarus yoki zonaga teng bo’lib, ko’pchilik min-taqalarda o’z navbatida quyi, o’rta va yuqori bo’limlarga ajratiladi. P.da Erning iqlimi sovuqlashgan va o’rta ken- gliklarda muzliklar vujudga kelgan. Bu davrda qit’alarning 27% yuzasi muzlik b-n qoplangan. Ba’zi tadqi-qotchilar P. boshlarini alohida epoxa (zamon) — eo- pleystosenga ajratadilar va unga boshqa olimlar neogenga kiritgan yuqori (kech- ki) pliosenni ham qo’shadilar. P. mobay- nida hayvonot va o’simliklar olamida muhim o’zgarishlar ro’y bergan, eng qad. odamlar (ar-xantroplar) paydo bo’lgan. «P.»termi-nini ingliz olimi Ch. Layel kiritgan (1832 y.). O’zbekistonda P.ning umumiy qabul qilingan yaruslari yo’q. Har bir region uchun o’ziga xos majmua, svita va qatlar ajratilgan.