Pleksit

Pleksit (lot. plexus — chigal) — orka miyadan chiqadigan nerv chigallari- ning yallig’lanishi (q. Periferii nerv sis-temosi). Infektsion kasalliklar, shikastlanish, umurtqa pog’onasi kasal- liklari va b. sabab bo’ldi. P., odatda, to’satdan boshlanadi. Bo’yin va elka chi- gali zararlanganda qo’l va oyoq bezillab og’riydi; qo’l muskullarida sezuvchan- lik buziladi. Bu xildagi o’zgarishlar ko’pincha bilak va qo’l panjasi sohasida uchraydi. Muskullar nimjon bo’lib qoladi, og’riydi, harakat o’zgaradi. Bel- dumg’aza P.ida shu sohadagi muskul- lar bezillab turadi, harakat qilish qiyinlashadi. Kasallikning kechishi ko’proq sababchisiga bog’liq, u qanday ke- chishidan qat’i nazar, albatta, vrachga mu- ro-jaat qilish va uning ko’rsatmalarini bekamu ko’st bajarish lozim. O’z bilgicha issiq qilish yoki og’riq qoldiruvchi dori- lar ichish yaramaydi; aks hodda kasallik avj olib ketishi mumkin. Bel-dumg’aza P. b-n og’rigan ayollar akusherginekolog ko’rigidan o’tishlari lozim.