Plyuralizm

Plyuralizm (lot. pluralis — ko’plik) — 1) borliqning bir necha (yoki ko’plab) mustaqil ibtidosi yoki bi- limning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu b-n birga, manfaatlar, g’oyalar, qarashlarning ham ko’pligini bildiradi. «P.»termi- nini nemis faylasufi X. Volf (1679- 1754) kiritgan (1712). P.ning aksi — monizm. G’arb falsafasida juda ko’p oqim bo’lib, ular hoz. falsafaning plyu- ralistik xarakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafa- si va b.); 2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruxlar o’z manfaatlarini o’z vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va b. tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tar-tib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega buladilar. Jamiyat- ni demokra-tiyalash jarayonida (q. De- mokratiya) P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruxlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fiqolar mavjudligini angla- tadi.