Pnevmatolit konlar
Pnevmatolit konlar — pnevmatoliz natijasida magmadan ajralib chiqqan gazlar va ularning boshqa jinslarga ta’siridan yerning chuqur qismida hosil bo’lgan foydali qazilma uyumlari. Pnevmatolit konlarni tashkil qiladigan rudalar tomir, daykalar shaklida uchraydi. Kon rudasining kristallari va donachalari yirik bo’ladi. Nodir metallar rudalari tarkibidagi albit, turmalin, flyuorit, kvars, topaz, muskovit va boshqa slyudalar Pnevmatolit konlarning tipik minerallari hisoblanadi. Hosil bo’lgan kvars, dala shpati va boshqa yirik kristallarning og’irligi bir necha yuz kilogramm bo’lishi mumkin. Bunday konlar uchun metasomatizm xos. Pnevmatolit konlar Rossiya Federatsiyasi (Sharkiy Sibir), Qozog’istonda, O’zbekistonning Zirabuloq-Ziyovuddin, Nurota tog’larida keng tarqalgan.