Pnevmokonioz

Pnevmokonioz (Yun. pneumon — o’pka va konia — chang) — zararli changlar- ni uzoq vaqt yutishdan paydo bo’ladigan o’pka kasalliklari guruhi. P.ga kon-ruda, kumir, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoklari ishchilarining xav- feizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmasliklaridan paydo bo’ladi. Klinik belgilari, kechishi va aso- ratlariga ko’ra farq qiladigan P.ning rivojlanish muddatlari har xil bulib, bu — havoning ifloslanish darajasi, changning xarakteri, orga-nizmning in- dividual sezuvchanligi va b. sabablarga qarab anikdanadi. P.ning oldini olish uchun i.ch. kor- xonalarida, konlarda havoning iflos- lanishiga qarshi kurashish, ishchilar, albatta, individual himoya vositalari- dan foydalanishlari va vaqtvaqti b-n tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari kerak. Kasallikning zo’rayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun silikoz, asbes-toz va b. b-n kasallangan bemorlarni zararli Chan- glar bo’lmaydigan boshqa ishga o’tkazish zarur.