Podshipnik
Podshipnik — aylanuvchi val va o’qlarning tayanchi. Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari va-ziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpa- nish va dumalash P.lari bor. Sirpanish P.larining tayanch sir-ti tsilindr, konus yoki shar shaklida bo’lishi, tayanch sirt b-n val bo’yni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (ya’ni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday P.larning AJ- raladigan va ajralmaydigan xillari bo’ladi. Ajraladigan P.da vkladish, AJ- ralmaydiganida vtulka, odatda, korpus- dagi teshikka, tayanch sirt b-n val bo’yni orasiga o’rnatiladi. Bular antifriktsi- on materiallar (babbit, tekstolit, re- zina, plastmassa va b.) dan tayyorlanadi. Dumalash P. ichki va tashki halqalar, te- branish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Ta’sir kiladigan kuch yo’nalishiga qarab, radial, radial- tirak P.lar bo’ladi. Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, tsilindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillar- ga; tebranish jismlarining qatorlar so- niga qarab, bir, ikki va ko’p qatorli va b. xillarga bo’linadi. Dumalash P. yuqori sifatli po’latdan tayyorlanadi. Moyla- nish usuliga qarab, o’z-o’zidan va majbu- riy moylanadigan P.lar bo’ladi. P. ma- shinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va b. sohalarda ishlatiladi.