Po’lat list
Po’lat list – o’rnatilgan standartlarda metallurgiya zavodlari tomonidan ishlab chiqariladigan prokat turi. Po’lat list turlari -4 dan 160 mm.gacha qalinlikdagi qalin po’lat list; 0.2 dan 4,0 mm.gacha qalinlikdagi yupqa po’lat list; tekis yuzali, qirralarini kesish, to’g’irlash talab etilmaydigan va qalinligi 4 dan 60 mm.gacha bo’lgan keng polosali universal po’lat list.