Po’latchi, po’ladchi
Po’latchi, po’ladchi — 1) o’zbek urug’laridan biri. Barloslarda ham po’latbachcha degan urug’ tarmog’i mavjud; 2) qoraqalpoqlarning kandakli urug’ining bir shoxobchasi toqpo’lat deb ataladi. Qashqadaryo viloyatida Po’lati va Buxoro viloyatida Oqpo’lat nomli qishloqlar bor. Etnonimdan qishloq nomi kelib chiqqan.