Po’latov Valijon

Po’latov Valijon (1939.24.6 — Dang’ara tumani — 2000.15.3) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1963). 1963 yildan O’zbekiston tumanidagi 54-, 48-, 53-, 1993 yildan Dang’ara tumanidagi 13-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi. Bolalarga bilim berishda noan’anaviy dars usullaridan unumli foydalangan.