Polder

Polder (gollandcha polider — quritilgan yer) — dengizlarning pasttekislikdan iborat sohili (marsh) ning quritilgan va o`zlashtirilgan qismlari. Dengiz va daryo suvlaridan dambalar bilan to`silgan. Polder juda unumdor bo`ladi. Niderlandiya, GFR, Daniya, Angliya va AQShda uchraydi.