POLIGON
POLIGON (yun. polygonos – ko’p burchakli) — 1) harbiyda quruqlik yoki dengizning qurol — aslahalar va harbiy texnikani sinash, qo’shinlar (flot kuchlari)ning jangovar tayyorgarligiga doir tadbirlarni va taktika borasidagi tadqiqotlarni o’tkazish uchun maxsus jihozlangan qismi; tajriba uchun va ko’plab ishlab chiqariladigan jangovar qurollarni, harbiy texnikani sinash hamda qo’shinlar (flot kuchlari)ni jalb qilgan holda tadbirlar o’tkazish uchun mo’ljallangan ilmiy tekshirish muassasasi.