POLINEZIYA KICHIK OBLASTI

POLINEZIYA KICHIK OBLASTI -Avstraliya quruqlik zoogeogra- FIK oblastining kichik oblasti. P.k.o.ga Yangi Zelandiya kichik oblastisan shim. da joylashgan tinch okean o.lari va ar- xipelaglari (Gavayi o.dan tashqari) ki- radi. P.k.o. faunasida barcha o. fau-na- siga o’xshab endemik turlar ko’p, sut Emi- zuvchilar kam. Quruqlikda sut Emi-zuvchi- lardan qo’lqanotlilar (shomshapalaklar, uzunqanotlilar, katta qanotlilar) hamda odamlar b-n birga kelib qolgan mayda kemiruvchilar uchraydi. Kushlar nisbatan xilma-xil, ayniqsa, kaptarlar va suvda suzuvchi qushlar (albatroslar, Baliqchi qushlar va b.) kup. Bu erda katta oyokli tovuklar, to’tilar, kakkular, asalxo’rlar, boyqushlar, qaldirg’ochlar, salangalar, moshaklar, lochinlar ham tarqalgan. Su- dralib yuruvchilar, asosan, daraxtlar ta- nasida suzib kelib qolgan. Ulardan gek- konlar va stsinklar, sohil yaqinida den- giz ilonlari ko’pchilikni tashkil etadi. Chuchuk suv baliklaridan utkinchi for- malar (mas, ilonbaliq) keng tarqalgan. P.k.o. faunasidan quruqlikda yashab, dengizda ko’payadigan palma o’g’risi qisqichbaqasi ko’p uchraydi. P.k.o.ning g’arbiy qismi (Melaneziya orollari guruhi) faunasi Sharqiy qismiga nis- batan xilma-xil. Mac, Taiti va Markiz o.da qushlar, sudralib yuruvchilar bor, Le- kin qo’lqanotlilar yo’q. Pasxa o. faunasi yana ham kam sonli bulib, suv qushlari va odam b-n kelib qolgan bir necha tur hasharotlar, urgimchaklar va mollyuska- lardan iborat. Melaneziya faunasining xilma-xilligini ular bir vaktlar katta quruklik b-n bog’langanligidan deyish mumkin. Ko’pchilik hayvonlar (echki, mu- shuk, chuchqa, quyon) Evropa va shim. Ame- Rikadan odam b-n birga kelib qolgan.