Polistrolli dekorativ panellar “poliform”

Polistrolli dekorativ panellar “poliform” – “poliform” panellari zarbaga chidamli polistirolni yoki uning asosidagi kompozitsiyani quyish metodi bilan olinadi. Bunday panellar jamoat binolarining ichki devorlari va shiftlari hamda suriladigan pardadevorlar va interyer elementlari uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardan jamoat binolarining koridorlari va xollarini pardozlashda foydalanilmaydi. Polistirolli dekorativ panellar qimmatbaho yog’och tekstruasi, naqshlar va boshqa rasmlarni imitatsiyalovchi dekorativ bezaklarga ega bo’lgan holda ishlab chiqariladi. Ushbu plitalar yuqori suvbardoshlikka ega.