POLITOLOGIYA

POLITOLOGIYA (yun. politika – davlat yoki ijtimoiy ishlar, logos – ta‘limot-siyosat haqidagi ta‘limot) — siyosat, siyosiy munosabatlar, institutlar, me‘yorlar, dunyoqarash v.h. to’g’risidagi integrativ fan. Uning siyosiy mohiyati jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro’y beradigan voqea-hodisalar, o’zgarishlarni ilmiynazariy jihatdan asoslab berish bilan belgilanadi. XIX asrning ikkinchi yarmida deyarli bir vaqtda AQSHda va g’arbiy Yevropada shakllandi. Ob‘yekti — jamiyat hayotining siyosiy sohasi; predmeti — siyosiy hokimiyat shakllanishi, amal qilishi va o’zgarishi qonuniyatlari. Funksiyalari — nazariy-bilish, dunyoqarashni shakllantirish, metodologik, boshqarish, bashorat, baholash.