Poni

Poni (inglizcha pony) — Britaniya (shu jumladan, Shedlend, Gebrid, Irlandiya va boshqa orollarda), Islandiya, Korsika, Sitsiliya, Xokkaydo (Yaponiya)da yetishtirilgan pakana otlar. 20 dan ortiq turi mavjud. Bo’yi 40-125 santimetr. Tusi har xil. Ko’pchilik mamlakatlarda, asosan, hayvonot bog’larida saqlanadi, dam olish bog’larida engil aravachalarga, bolalar aravasiga qo’shilib, egarlanib, sayrchilarga xizmat ko’rsatadi. Ponining miniladigan, aravaga qo’shiladigan maxsus turlari yetishtiriladi. Poni otlar O’zbekistonda ham urchitilib ko’paytiriladi.