Pop-Art
Pop-Art (ing. pop art — ommabop san’at) — zamonaviy tasviriy san’atda avangard yo’nalish; abstrakt san’at ta’- sirida yuzaga kelgan, dadaizm (ayniqsa, M. Dyushan ijodi) va syurrealizm b-n aloqada bo’lgan. 1950-y.larning 2yarmi- da eng avvalo AQSh (R.Ra-ushenberg, K. Oddenberg, J.Rozenkvist va b.) va Buyuk Britaniya (P. Bleyk, R. Gamilton va b.) da paydo bo’lgan, so’ngra Frantsiya (N. de Sen-Fal va b.), Germaniya (P. Vunder- lik va b.) kabi g’ar-biy Evropa mamla- katlarida tarqalgan. Abstrakt san’at- ning borliqdan, Real hayotdan ajralib borishiga qarshi hara-kat ko’rinishida shakllangan. P.-a. vakillari Real borliqqa qaytish, keng ko’lamda ishlab chiqarilayotgan buyumlarning estetik qiymatini ommaviy yo’llar (reklama, foto, reproduktsiya, komiks va h.k.) vosi- tasida yoritishni asosiy maqsad qilib oldi. Shahar hayotida keng ishlatiladi- gan buyumlar (uy-ro’zg’or anjomlari, o’rov qutichalari, mashina bo’laklari va h.k.) ni xuddi o’ziga o’xshatib ishlab, ularning o’zidan (ko’pincha kollaj va b. usullar yor- damida) kompozisiyalar tuzadi. P.-a.da tanlangan buyumlar tasodifiy, bir-biri b-n bog’liq bo’lmagan holda birlashtiri- lishi mumkin. Muhimi bir-biri b-n Moe tushmaydigan buyumlarni birlashtirish orqali tomoshabin fikri va tasavvuri- ga zid hissiyotlarni uyg’otishdan ibo- rat. Mac, rassom romkaga tortilgan toza matoga uning diagonali bo’yicha rangli sharifni bog’lashi yoki unga dastro’mol qo’yib ko’rgazmada namoyish etishi mum- kin. P.-a. texnika imkoniyatlaridan keng foydalanadi, fotosurat, slaydadan po- lotno (yuza)ga tushirilgan tasvir kon- turlarini yorqin bo’yoqlarda ishlaydi, sa- noatda ishlab chiqarilayotgan yorqin rang- li buyumlarni o’z asarlarida ko’rsatadi, ulardan kompozisiyalar tuzadi.