Pop musiqa nima?
Pop — musiqa bobida, uni «yengil», ko’ngilochar musiqa deb hisoblaydigan ko’pgina odamlar, albatta, yanglishadilar. Bizning nazdimizda, pop-musiqa — bu, eng avvalo, ham kompozitorlar, shuningdek musiqachilar tomonidan yangi shakllar izlash jarayonida dunyoga kelgan musiqadir. An’anaviy ohangdoshlar va ovoz undirish usullaridan voz kechish hamda ko’pincha asarda asosiy ahamiyatga ega bo’ladigan bag’oyat o’ziga xos marom pop-musiqaning yaqqol anglanadigan xususiyati sanaladi. Pop-musiqani faqat yoshlarga mo’ljallangan musiqa sifatida idrok etish juda keng tarqalgan. Bu narsa bir talay sabablarga ko’ra aytarli to’gri emas. Birinchidan, badiiy izlanishlar bilan turli-tuman yoshdagi kompozitorlar shug’ullanishadi. Ikkinchidan esa, uning yoshlar o’rtasida alohida ommalashib ketgani aynan yoshlar yangi narsalarni har doim tez idrok eta olishi bilan izohlanadi. Tushunarli ma’nosi, yorqin ifodali lisoni bu musiqani rang-barang ommaga yaqin va tushunarli qildi. Endi pop-musiqaga tasvifnoma berishga harakat qilamiz. Bu, XX yuzyillik hayotining shiddatli tabiatini aks ettiruvchi musiqadir. U mumtoz musiqadan faqat shunisi bilangina farqlanmaydi. Pop-musiqaga mumtoz musiqaning uyg’unlashgan ohangdoshlaridan keskin farqlanuvchi qadimiy kuy yo’llaridan foydalanish ham xosdir. Mana shuning uchun ham pop-musiqa nag’malarida afrikalik xalqlarning musiqaviy folkloridan tez-tez foydalaniladi. O’z davrida u jahon madaniyatiga djaz musiqasini bergandi, endi esa undan pop-musiqani yaratishda foydalanmoqdalar. Pop-musiqa turli — rok, vazmin rok, reg taym va disko yo’nalishlaridan tarkib topadi. Bu uslublar blyuzlar va rok-n-rollardan, ya’ni Yevropa va Afrika musiqalarining sintezidan dunyoga keldi. Juda ko’p hollarda vokal sho’baga elektron texnika: elektrgitara, sintezator jo’rovoz bo’ladi. Ular odatdagi musiqa asboblarining kuchi yetmaydigan mutlaqo kutilmagan tovush samaralariga erishishga imkon beradi. Siz, albatta, Djon Lennon, Elvis Presli singari dongdor qo’shiqchilarni, «Bitlz», «Rolling Stounz» guruhlarini yaxshi bilasiz.