POPULIST YETAKCHI
POPULIST YETAKCHI — siyosiy yetakchik turlaridan biri bo’lib, u xalq muhabbatini tez qozona oladi, negaki u odamlarning intilishlari, ehtiyojlari, dardu — alamlarini bayon etadi. Populist yetakchi ommaning noroziligi, g’azabi, xissiyotlariga tayanib qandaydir dolzarb g’oyani targ’ib qiladi. Masalan, imtiyozlarni bekor qilish, millatchilik va hokazo. Ko’pincha u murakkab muammolarni nihoyatda soddalashtirib ko’rsatadi, o’zi ilgari surgan shiorlar va g’oyalarning ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini jiddiy tahlil qilib ko’rmaydi. U muammolarni «tez va oson hal qilish yo’llarini taklif egtanida, haqiqatan o’zi ega bo’lgan imkoniyatlardan emas, xalqqa ma‘qul gap aytib o’z, obro’sini ko’tarish maqsadidan kelib chiqadi. Ammo siyosatda oson yo’llar yo’q. Populizm keng quloch yoyishining sabablaridan biri esa fuqarolarning siyosatdan, mulkdan begonalashganligi, xilma — xil va‘dalarga onson ishonishidir. Bunday vaziyatda chuqur o’ylab, tahlil qilib ko’rilmagan va‘dalarini beruvchi siyosatchi o’z mavqeini ko’tarishini o’ylar ekan, garovga mamlakat tinchligi va osoyishtaligini qo’yishi ma‘lum.