Porfir
Porfir (Yunoncha porphyreos — olov rang) — porfirli strukturam ega effuziv paleotip nordon tog’jinslarining umumiy nomi. Asosiy massasi ko’pincha kvars, dala shpati, shox aldamchisi yoki tog’ shishasidan iborat bo’ladi. Porfirning 2 turi ma’lum: ortoklazli Porfir (ortofir) — traxitning paleotip analogi va kvarsli Porfir — liparitning analogi. Porfir Rossiyada (Sibir, Ural), Kavkazda, O’zbekistonda esa Hisor, Chatkol, Nurota va boshqa tog’larda, qadimgi vulkan tog’ jinslari qatlamlari orasida uchraydi. Porfirning tarkibi va paydo bo’lish sharoitini o’rganish u bilan bog’liq foydali qazilma konlarini topishga imkon beradi.