Port-Elizabet

Port-Elizabet — jarning Janubiy-Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 303 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari, shahar atrofi bilan 855 ming kishi). Tinch okeanning Algoa buxtasi sohilidagi port. Yirik temir yo’l tuguni. Mashinasozlik, xususan, avtomobil yig’ish, elektrotexnika, kemasozlik rivojlangan. Kimyo, to’qimachilik, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Shahar 1920 yilda qal’a o’rnida bunyod etilgan.