Port-Said

Port-Said — Misrning shimoliy- sharqiy qismidagi shahar, O’rta dengiz sohilida, Suvaysh kanaliga shimoliy tomondan kiraverishda. Port-Said muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 470 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Port-Said — xalqaro ahamiyatga ega savdo-transport markazi. Kemasozlik va kema ta’mirlash, oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’n-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Port-Saidga Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan 1859 yilda asos solingan va Misr hokimi Saidposhsho nomi bilan atalgan.