Portsmut
Portsmut — Buyuk Britaniyaning Janubiy qismidagi shahar, Xempshir grafligida. Aholisi 182,2 ming kishi (1990- yillar oxiri). LaMansh bo’g’ozidagi port. Kemasozlik va kema ta’mirlash, radioelektronika, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Ko’prik orqali Gosport shahri bilan bog’langan. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 12-asrda asos solingan. 12— 18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.