Poseydon

Poseydon — yunon mifologiyasida Olimpiyalik xudolardan biri, Kronos va Reyaning o’g’li. Dunyoga hukmronlik qilishni akalari Zevs va Aid bilan bo’lishib olgan. Unga dengiz nasib qilgan. Qo’lida uch tishli ayri bilan tasvirlangan, u ana shu ayri yordamida dengiz dovullarini hosil qilgan. Qadimgi Rim mifologiyasidagi Neptunga to’g’ri keladi.