Praga

Praga — Chexiyaning poytaxti. Mam- lakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi mo»tadil, kontinental; yanv.ning o’rtacha t-rasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yog’in 500 mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida ma’muriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928 y.dan tilga olingan. 10-a.dan Chexiya davlati- ning poytaxti. P. Evropadagi yiriksav- do shaharlaridan bo’lgan. O’ttiz yillik urush (1618-48)dan keyin P.ning ma- vqei pasaygan. 19-a. o’rtalaridan yirik sanoat shaxriga aylandi. 1918 y.dan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939 y.da P.ni nemis fashistlari bo- sib olgan. 1945 y. 9 mayda ulardan ozod qilindi. 1993 y.gacha Chexoslovakiya poy- taxti. P. — xalqaro ahamiyatga ega trans- port yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlik- ning turli sohalari: avtomobilsozlik, samoletsozlik, motorsozlik, stanok- sozlik, elektrotexnika, radioelektro- Nika sanoatlari rivojlangan. Kime, to’qimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. FA, Musiqa san’ati va tasviriy san’at aka- demiyalari, un-tlar, shu jumladan, Karl un-ti (1348), milliy muzey, milliy ga- lereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va b. bor. P.da 10-18-a.larga oid me’moriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qal’asi, gotika sobori (11 —16-a.lar), Qirol saroyi (12-18-a.lar), Belveder saroyi (16-a.) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va b. jamoat binolari qurilgan.